Romitan, Jizzax va Narpayda gaz va “svet”dan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi

3-sahifa

image

Romitan, Jizzax va Narpay tumanlarida tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.

Departamentning Romitan tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “G‘.E.” xususiy korxona mas’ul shaxslari tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangani natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 352,6 mln so‘m zarar yetkazilgani aniqlangan.

Shu kabi, Jizzax tumanida fuqaro O.Sh. muqaddam tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani holati bo‘yicha sudlangan bo‘lsa-da, o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan, takroran o‘z yashash xonadonida tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangan holda ohak ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanib kelgani aniqlangan. U ta’minotchi korxonaga jami 137,7 mln so‘m zarar yetkazgan.

Shuningdek, Narpay tumanida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “S.S.” MCHJning Narpay filiali muhandisi F.M. va boshqalar tuman elektr ta’minotidan ruxsatnoma olmasdan, o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektr tarmog‘iga ulangan holda foydalanib kelishi natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 301,8 mln so‘m zarar yetkazilgani oydinlashgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2–moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

39

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing