Romelu Lukaku “Chelsi”da tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. U Angliyaga qaytmoqda

Sport

image

Belgiya terma jamoasi va “Inter” hujumchisi Romelu Lukaku tez orada “Chelsi” futbolchisiga aylanishi mumkin. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Bugun, 9 avgust kuni 28 yoshli hujumchi Milandagi “Kolumb” klinikasida London klubi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Lukaku shartnomani imzolash uchun shu hafta Londonga keladi. Futbolchi bilan birga uning agenti Federiko Pastorello ham bo‘ladi.

Futbolchi allaqachon “aristokratlar” bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan va belgiyalik futbolchiga soliqlardan tashqari 12 million yevro yillik maosh to‘lanadi.

Qayd etilishicha, londonliklar forvard uchun 115 million yevro to‘laydilar. 

Ma’lumot o‘rnida, Romelu Lukaku Italiya chempionatining o‘tgan mavsumida “Inter” safida 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol va 10 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi transfer Futbol Angliya Romelu Lukaku

Baholaganlar

21

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing