Roman Abramovichning “Chelsi”si navbatdagi muammoga duch kelishi mumkin
Sport
−
11 mart 2022
3842Rossiyalik tadbirkor Roman Abramovichga tegishli London “Chelsi” klubining texnik homiysi bo‘lgan Amerika Qo‘shma Shattlarining “Nike” kompaniyasi “aristokratlar” bilan hamkorlikni to‘xtatish haqida o‘ylamoqda. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.
2016 yilda "Chelsi" va “Nike” 15 yilga mo‘ljallangan 900 million funt sterlinglik qiymatga ega shartnoma imzolagandi. Agar, “Nike” “Chelsi” bilan ishlashdan bosh tortsa, u holda klub 540 million funt sterling yo‘qotadi.
Bundan oldin, jamoaning titul homiysi “Thryeye” telekommunikatsiya kompaniyasi "Chelsi" bilan hamkorlikni to‘xtatdi.
Londonliklarga yiliga 10 million funt daromad keltirayotgan “Hyundai” avtokonserni ham klub bilan keyingi munosabatlarni davom etirmaslik haqida o‘ylamoqda.
Kecha, 10 mart kuni Britaniya hukumati Roman Abramovichga qarshi sanksiyalar joriy qildi. Natijada, rossiyalik tadbirkorning Angliyadagi barcha aktivlari muzlatildi. Shuningdek, Abramovichga kiritilgan sanksiyalar ortidan, “Chelsi” futbol klubiga yangi futbolchilarni transfer qilish va futbolchilar bilan shartnomani uzaytirish taqiqlandi.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi