Abramovichga qo‘yilgan sanksiya sabab “Chelsi” yangi futbolchilarni transfer qilolmaydi

Sport

image

Buyuk Britaniya parlamenti “Chelsi” klubiga egalik qiluvchi rossiyalik tadbirkor Roman Abramovichga sanksiyalar kiritishi ortidan, “aristokratlar”ga yangi futbolchilarni transfer qilish va o‘yinchilari bilan shartnomani uzaytirishi taqiqlangan. Bu haqda “The Times” jurnalisti Martin Zigler xabar berdi. 

Transfer chekloviga qaramasdan, “Chelsi” barcha xodimlari, jumladan, futbolchilar va murabbiylarning maoshini to‘lashda davom etadi.

Joriy yilning yoz oylarida, Sezar Aspilikuyeta, Antonio Ryudiger va Andreas Kristensenning London klubi bilan imzolagan shartnomasi yakuniga yetadi. 2023 yilgacha Markos Alonso, Tiago Silva, Jorjinyo, Ross Barkli va Ngolo Kantening kelishuvlari yakunlanadi. Agar, vaziyat o‘zgarmasa, “Chelsi” ular bilan yangi shartnoma imzolay olmaydi. 

Avvalroq, Abramovich “Chelsi”ni sotishga qaror qilgani haqida xabar bergandik. U klubni 4 mlrd funtga sotmoqchi. Shu sababdan kelgan takliflarni hozircha rad etayotgan edi. 

Shuningdek, bugun, 10 mart kuni Buyuk Britaniya parlamenti Roman  Abramovichga nisbatan sanksiya joriy qilib, uning Britaniyadagi barcha mulklarini muzlatib qo‘ydi.  Endilikda u klubni sota oladimi yoki yo‘q, hozircha noma’lum.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

26

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing