“Roma” va Mourino o‘rtasida nizo paydo bo‘ldi

Sport

image

Italiya nashrlarida Rimning “Roma” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino va klub sport direktori Tiago Pinto o‘rtasida mojaro borligi haqida xabarlar tarqaldi. Xulosa shuki, portugaliyalik murabbiy tarkib va klubning transfer siyosatidan norozi. “Bo‘rilar” 2021-2022 yilgi mavsumni yaxshi boshladi, biroq so‘nggi paytlarda jamoaning natijalari ko‘ngildagidek emas. Sababi, rimliklar so‘nggi 7 uchrashuvda 4 ta mag‘lubiyat, 2 durang va 1 g‘alaba qayd etgan. 

Rimliklar kecha, 7 noyabr kuni safarda “Venetsiya”ga qarshi bahs olib borib, 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. O‘yindan keyin Mourino jamoaning hozirgi tarkibi o‘tgan yilgidan kuchsizligini aytdi, shuningdek, “Roma”ning transfer borasidagi siyosatini keskin tanqid qildi. 

Qolaversa, “Il Messaggero” nashri klub xo‘jayinlari Mourinodan norozi ekani haqida xabar tarqatdi. Joriy yilning 21 oktyabrida Konferensiyalar ligasi guruh boqichida “Budyo-Glimt”dan 1:6 hisobida uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng, murabbiy barcha aybni futbolchilarga yuklagani jamoa rahbariyatiga yoqmagan.

Manba bergan xabarga ko‘ra, “Roma” vakillari murabbiyning o‘yin uslubini ham tanqid qilgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Roma Italiya Mourin'o Shomurodov A Seriya Rim Bo'rilar

Baholaganlar

247

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing