Rollar almashdi: endi Rossiya Ukraina kemalariga zarba bermoqda

Olam

image

Bugun, 28 iyul kuni Rossiya Qurolli kuchlari Qora dengizning shimoli-g‘arbiy qismida Ukrainaga harbiy yuk olib ketayotgan kema hamda Nikolayev portidagi yana bir kemaga zarba berdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, zarbalar tongda uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida amalga oshirilgan. Qora dengizning shimoli-g‘arbiy qismida Ukraina Qurolli kuchlari ehtiyojlari uchun harbiy yuk tashiyotgan balker turidagi kema nishonga olingan.

Shuningdek, Rossiya harbiylari Nikolayev portida turgan kilektor kemasi ham zarba ostida qolganini bildirgan.

Rossiya Mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, hujumlar Ukraina portlari va Ukraina Qurolli kuchlari manfaatlari yo‘lida foydalanilayotgan dengiz ob’ektlariga qarshi davom ettirilmoqda.

“Bugun ertalab Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari Ukraina portlari va Ukraina Qurolli kuchlari manfaatlari yo‘lida foydalanilayotgan dengiz kemalariga zarbalarni davom ettirdi. Qora dengizning shimoli-g‘arbiy qismida harbiy yuklarni tashiyotgan balker turidagi kema, Nikolayev portida esa kilektor kemasi zarba ostida qoldi”, deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotida.

Hozircha zarbalar oqibatlari, qurbonlar yoki kemalarga yetgan zarar haqida ma’lumot berilmagan. Ukraina tomoni esa Rossiya bayonotiga munosabat bildirmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya harbiylari Qora dengizda Ukrainaning Odessa sohillari yaqinida xalqaro yuk kemasiga zarba berishi oqibatida kamida 5 nafar ekipaj a’zosi halok bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing