Rolan Garros musobaqasi bekor qilinmasligi mumkin

Sport

image

Koronavirus pandemiyasi tufayli Fransiyada bo‘lib o‘tadigan barcha turnirlar vaqtincha to‘xtatildi. Shunday bo‘lsa-da, tennis bo‘yicha katta dubulg‘a tasnifiga kiruvchi yilning eng nufuzli turniridan biri Rolan Garros musobaqasi bekor qilinmasligi mumkin.

“Rolan Garros turniriga bir necha oydan so‘ng start beriladi. Ayni vaqtda musobaqani bekor qilishni istamayapmiz. Fransiya tennis federatsiyasi, talab qilinganidek, ommaviy sport turlarini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarorlarni qabul qilishda hukumat ko‘rsatmalariga amal qiladi”, deya izoh qoldirgan Rolan Garros Twitterʼdagi rasmiy sahifasida.

Ma’lumot o‘rnida, Rolan Garros musobaqasi joriy yilning 24 may oyidan 7 iyun kuniga qadar davom etishi rejalashtirilgan.

O‘tgan yili bo‘lib o‘tgan musobaqada erkaklar yakkalik bahsida ispaniyalik Rafael Nadal bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edi.

Ushbu musobaqada ayollar yakkalik bahsida esa ruminiyalik Simona Xalep g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi.

O‘tgan yili ushbu turnir orqali Rafael Nadal 14 980 000 AQSH dollari ishlab topgan bo‘lsa, Simona Xalep 14 812 000 AQSH dollarini qo‘lga kiritgan.

Rolan Garros turniri Fransiyaning Parij shahrida o‘tkaziladi. Ushbu musobaqa o‘yinlari qumli kortlarda o‘tkaziladi. Rolan Garros musobaqasi Fransiya ochiq chempionati, deb ham yuritiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Tennis Koronavirus Rolan Garros

Baholaganlar

11

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing