Rodri “Barselona” muxlislariga murojaat yo‘lladi
Sport
−
11:18 498 1 daqiqa
Ispaniya terma jamoasi bilan jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Rodri “Barselona” aeroportiga yetib keldi va uni kutib olgan muxlislarga murojaat qildi. Bu haqda “Mundo Deportivo” nashri xabar berdi.
“Kelganimdan juda xursandman. Bir necha kun band bo‘ldim va bu yerda ekanimdan mamnunman. “Barselona”da o‘ynash – orzu. Biz Chempionlar ligasi va boshqa barcha sovrinlarni qo‘lga kiritishni istaymiz”, deydi Rodri.
Avvalroq, “Barselona” yarim himoyachining transferi borasida “Manchester Siti” bilan prinsipial kelishuvga erishgani haqida xabar berilgan edi.
30 yoshli ispaniyalik futbolchining kafolatlangan transfer qiymati 60 million yevroni tashkil etadi.
Kataloniyaliklar qo‘shimcha 11 million yevro miqdorida bonuslar to‘lashi mumkin. Shuningdek, kelishuvda qo‘shimcha bonus to‘lovlari ham ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu transferning umumiy qiymatini yanada oshirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real Madrid” ham Rodri bilan shartnoma imzolashga harakat qilgan edi. Ammo 30 yoshli yarim himoyachi “Barselona”ga o‘tishni tanladi.
Live
Barchasi