Roberto Karlos futbolga qaytdi. U antiqa o‘yinda qatnashadi

Sport

image

“Real Madrid” klubi va Braziliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Roberto Karlos futbolchilik faoliyatini bir o‘yin uchun qayta tiklaydi. Bu haqda VVS nashri xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, 48 yoshli Karlos mahalliy barlar va pablar homiyligidagi jamoalardan tashkil topgan havaskorlar musobaqasida “Barn Yunayted buqalari” jamoasida o‘ynaydi.

Ushbu jamoa “Orzular transferi” tanlovida g‘olib chiqdi. Klublar ishtirok uchun 5 funt to‘laydi va musobaqada g‘olib chiqqan jamoa bir o‘yin uchun professional futbolchi oladi.

Shunday qilib, “Barn Yunayted”ga jahon futboli afsonasining transferi atigi 5 funtga tushdi, deyish mumkin. Roberto Karlos zaxiradan maydonga tushadi, bu tafsilot allaqachon kelishib olingan.

E’tiborlisi, “Orzular transferi” o‘yinidan tushgan barcha mablag‘ xayriyaga yo‘naltirilgan.

Ma’lumot uchun, Roberto Karlos faoliyati davomida “Inter”, “Real”, “Fenerbaxche”, “Anji” va Braziliyaning bir qator klublarida to‘p tepgan. Karlos professional faoliyatini 2016 yilning yanvarida yakunlagan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Karlos Barn Yunayted Orzular transferi

Baholaganlar

74

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar