Robertsonning yangi jamoasi aniq bo‘ldi

Sport

image
Londonning “Tottenxem” klubi “Liverpul” himoyachisi va Shotlandiya terma jamoasi sardori Endryu Robertsonni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib oladi. Bu haqda mashhur insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Romano ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi shartnoma 2028 yilgacha amal qilishi kutilmoqda. Robertsonning “qizillar” bilan amaldagi shartnomasi iyun oyida yakunlanishi sababli, u “Tottenxem” safiga erkin agent sifatida qo‘shiladi.

Ma’lumot uchun, 32 yoshli himoyachi 2017 yildan buyon “Liverpul” sharafini himoya qilib kelmoqda. U “Xall Siti”dan ko‘chib o‘tganidan so‘ng mersisaydliklar safida ikki karra Angliya Premer-ligasi chempioni va 2019 yilgi Chempionlar ligasi g‘olibiga aylangan.

Shu vaqt ichida Robertson “Liverpul” safida 378 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 69 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Maqola muallifi

Teglar

“Liverpul'” “Tottenxem” Endryu Robertson

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing