Robaxon Mahmudova Oliy sudi raisiga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi

Jamiyat

image

Robaxon Mahmudova rasman O‘zbekiston Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari etib saylandi. Bu bo‘yicha Oliy Majlis Senatining tegishli qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Robaxon Anvarovna Mahmudova 10 yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga saylandi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi.

Ma’lumot uchun, Robaxon Mahmudova 1958 yilda Farg‘onada tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudi raisi vazifasida ishlagan. 2020 yil yanvarigacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona viloyati Xalq qabulxonasi mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.


Maqola muallifi

Teglar

Robaxon Mahmudova

Baholaganlar

123

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing