Rivojlanayotgan davlatlar universitetlari reytingiga O‘zbekiston OTMlari kiritilmadi

Jamiyat

image

Buyuk Britaniyaning “Times Higher Education” nashri iqtisodi rivojlanayotgan davlatlar universitetlarining 2020 yilgi reytingini e’lon qildi.

Ushbu reyting o‘quv yurtlarini 13 ta me’zon asosida baholar edi. Biroq bu yil rivojlanayotgan mamlakatlar universitetlarining darajasini aks ettirish uchun qayta, yangicha ko‘rsatkichlar tuzilgan.

Reytingda kuchli beshlikning to‘rtta o‘rnini Xitoyning Sinxua, Pekin, Chjetszyan va Xitoy Fan hamda texnologilar universitetlari band qilgan. 5-o‘ringa Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti loyiq ko‘rilgan. 

Keyingi ikkita o‘rinlar yana Xitoy davlatidagi Jao Tong va Fudan universitetlariga nasib qilgan.   

Umumiy hisobda reytingda ishtirok etgan har bir davlatdan o‘nlab universitetlar o‘rin olgan. Shuningdek, reytingda Hindiston, Tayvan, Pokiston, Shri-Lanka, Qatar kabi davlatlar universitetlari ham joy olgan.

Ma’lumot uchun, yuqorida nomi keltirilgan reytingda O‘zbekistondagi birorta universitet nomi kiritilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston universitetlar

Baholaganlar

128

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made