“Riviera”da yong‘in chiqdimi?

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda “Riviera” savdo markazida yong‘in chiqqani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 13 mart kuni Olmazor tumani Sebzor dahasida joylashgan “Riviera” savdo majmuasida tuman FVB xodimlari tomonidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarni oldini olish bo‘yicha o‘quv-taktik amaliy mashg‘uloti o‘tkazilgan. Ta’kidlanishicha, savdo majmuasida hech qanday yong‘in sodir bo‘lmagan.

Ushbu holat jarayonni tasvirga olganlar tomonidan noto‘g‘ri talqin qilingan va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in “Riviera”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing