Rivaldo va Neymarning singlisi davlat to‘ntarishiga aralashib qoldi
Sport
−
15 noyabr 2023
4437Braziliyadagi davlat to‘ntarishiga sobiq futbolchi Rivaldo va “Al-Hilol” futbolchisi Neymarning singlisi Rafaella Santos aralashib qoldi. Bu haqda “Marca” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Braziliyada Prezident Lula da Silva saylovlarda g‘alaba qozonganidan so‘ng boshlangan tartibsizliklarda braziliyalik sobiq futbolchi Rivaldo va Neymarning singlisi Rafaella Santos ishtirok etgan.
Prokuratura ularni davlat to‘ntarishiga urinishlarni moliyalashda ayblamoqda. Tartibsizliklar Lula da Silvaning Jair Bolsonaro ustidan qozongan g‘alabasiga qarshi qaratilgandi. Rivaldo va Rafaella Santos hozirda federal politsiya tomonidan tergov markazida bo‘lib turibdi.
Braziliyaning sobiq prezidenti Bolsonaroning tarafdorlari ommaviy ravishda davlat to‘ntarishi uchun safarbar qilindi. Bu safarbarliklar mamlakatda tartibsizliklarga sabab bo‘ldi. Qo‘lga olinganlardan ko‘rsatmalar olinayotganda esa, “Barselona”ning sobiq hujumchisi va Neymarning singlisi ushbu davlat to‘ntarishiga urinishlarni moliyalashtirgan shaxslar orasida ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Rivaldo bu ish uchun deyarli 10 ming yevro berganlikda ayblanmoqda, biroq uning yuristlari ayblovni rad etib, u muhtoj odamlarga bor-yo‘g‘i 380 yevro ajratganini ta’kidlamoqda. Rafaella Santos tarafdorlari ham uning namoyishlarga hech qanday pul ajratmaganini aytdi.
LiveBarchasi