Risharlison “Tottenxem”ni sudga bermoqchi
Sport
−
11 Sentyabr 1222 1 daqiqa
“Tottenxem”ning braziliyalik hujumchisi Risharlison sud orqali klub bilan shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “The Athletic” xabar berdi.
29 yoshli futbolchi avvalroq “Tottenxem”ning Angliya Premer-ligasidagi mavsum uchun tarkibidan chiqarilgan edi. Xabarlarga ko‘ra, Risharlison klub rahbariyatiga jamoani tark etish niyati borligini bildirgan. Biroq uning yangi klub topishga urinishlari muvaffaqiyatsiz yakunlangan.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchi va uning vakillari hozirda “Tottenxem” bilan amaldagi shartnomani muddatidan oldin bekor qilish uchun sudga murojaat qilish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.
Ma’lumot uchun, Risharlison “Tottenxem”da 2022 yil yozidan buyon o‘ynab kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyun oyiga qadar mo‘ljallangan. O‘tgan mavsumda braziliyalik hujumchi Premer-ligada 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol urgan.
Live
BarchasiTo‘qayev Putinni atoqli davlat arbobi deb atadi
29 Sentyabr