Rio-de-Janeyroda otishma yuz berdi. 25 kishi halok bo‘ldi 

Olam 4543
image
-

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahri metrosida politsiyachilar bilan jinoiy guruh a’zolari o‘rtasida otishma yuz berdi. Natijada 25 kishi vafot etdi, deb xabar bergan G1 portali.  

Otishma Rio-de-Janeyroning shimoliy zonasida joylashgan Jakarezinyu shahrida politsiyachilar amalga oshirgan maxsus amaliyot paytida yuz bergan. 

Amaliyotni o‘tkazishdan maqsad odam savdosining oldini olish bo‘lgan. Huquqni muhofaza qilish idoralari faoliyatida hech qanday xato yoki ortiqcha narsa yo‘qligi ta’kidlangan. 

Qurbonlarning 24 nafari jinoyatchilar, 1 nafari politsiya xodimi bo‘lgan. 

Shuningdek, yana ikki politsiyachi va ikki yo‘lovchi jarohat olgani ta’kidlangan. Ularning ahvoli haqida batafsil ma’lumot berilmagan. 

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, amalga oshirilgan maxsus amaliyotda qurbon bo‘lganlarning ko‘pligi bo‘yicha 2016 yildan buyon rekord qayd etilgan.

Rushana Sultonova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 142
Reyting: 2.9
t
×