Rimda Markaziy Osiyo-Italiya TIV rahbarlari uchrashdi 

Olam

image

Rimdagi Villa Madama davlat uyida mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan C5+1 formatidagi Markaziy Osiyo – Italiya Tashqi ishlar vazirlarining uchinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda mamlakatlar TIVlari matbuot xizmatlari xabar berdi. 

Uchrashuvda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Italiya o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va boshqa sohalardagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, Italiya Tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani Rim Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlikni mustahkamlash niyatida ekanligini ta’kidladi.

“Hukumat mintaqa mamlakatlari bilan munosabatlarning faollashishiga kuchli turtki berdi, buni 2023 yil iyun oyida O‘zbekiston bilan, joriy yilning yanvar oyida Qozog‘iston va aprel oyida Tojikiston bilan o‘tkazilgan iqtisodiy forumlar tasdiqlaydi. Biz mintaqaning boshqa davlatlari bilan iqtisodiy tadbirlar o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz”, deydi u.

Antonio Tayanining so‘zlariga ko‘ra, Markaziy Osiyoning barcha davlatlari bilan hamkorlik doirasida infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, mashinasozlik va energetika sohalaridagi mintaqaviy loyihalarga alohida ahamiyat berilmoqda.

Tojikiston TIVning xabar berishicha, C5+1 uchrashuvi doirasida Markaziy Osiyo mintaqasi tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari Italiyaning 30 dan ortiq kompaniyalari, jumladan Ansaldio Energia, IVECO Group, MERMEC, SAIPEM, SACE va boshqalar rahbarlari bilan uchrashgan.

Shahnoza Halilova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Markaziy Osiyo-Italiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar