Rim Papasi taxtdan voz kechishi mumkin. Bunga sabab nima?
Olam
−
23 avgust 2021
6970Nasroniy katoliklarning ma’naviy yetakchisi — Rim Papasi Fransisk sog‘lig‘i sababli taxtdan voz kechishi mumkin. Bu haqda “Libero” nashri xabar bergan.
Ta’kidlanishicha, bu borada Vatikan doiralarida bir qator mish-mishlar paydo bo‘lmoqda. Nashr joriy yilning dekabr oyida Rim Papasining 85 yoshga to‘lishiga e’tibor qaratgan. Undan oldingi Rim Papasi Benedikt XVI ham xuddi shu yoshda taxtdan voz kechgan.
Ma’lum qilinishicha, Rim Papasining 12-15 sentyabrga rejalashtirilgan Vengriya va Slovakiyaga safari uning ahvoliga bog‘liq bo‘ladi. Hozircha bu safar tasdiqlangan.
Qayd etilishicha, Fransisk yoshligida og‘ir pnevmoniyani boshdan o‘tkazib, o‘pkasining bir qismi olib tashlanganiga qaramay, sog‘lom. Oxirgi paytlarda u faqat oyog‘idagi og‘riqdan shikoyat qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyida 84 yoshli Fransiskning yo‘g‘on ichagida operatsiya o‘tkazilgan.
Ma’lumot o‘rnida Fransisk 2013 yilning 13 martidan buyon Rim Papasi lavozimini egallab kelmoqda.
LiveBarchasi