Rim Papasi operatsiyadan keyin ilk bor ommaga ko‘rinish berdi 

Olam

image

Avvalroq, nasroniy katoliklarning ma’naviy yetakchisi — Rim Papasi Fransiskning yo‘g‘on ichagida operatsiya o‘tkazilgani haqida xabar bergandik. 

Rim Papasi Fransisk joriy yilning 4 iyul kuni o‘tkazilgan operatsiyadan keyin ilk bor kecha, 11 iyul kuni ommaga ko‘rinish berib, an’anaviy yakshanba xutbasida qatnashgan. Bu haqda “Vatican News”ga asoslanib xabar berilgan.  

“Barchangizga rahmat, men sizlarning yaqinligingiz va qo‘llab-quvvatlashingizni ibodatlaringizdan his qildim. Sizlarga chin yurakdan rahmat. Shifoxonada yotgan kunlarimda Italiyada ham, boshqa mamlakatlarda ham barchaga yaxshi tibbiy yordam ko‘rsatish qanchalik muhim ekanligiga amin bo‘ldim”, degan Fransisk o‘zi davolanayotgan Agostino Jimelli shifoxonasining balkonidan turib. 

U unga yordam bergan shifokorlarga minnatdorlik bildirgan va yig‘ilganlarni butun dunyoda og‘ir ahvolda bo‘lgan bemorlarning sog‘lig‘i uchun ibodat qilishga chaqirgan. 

Yig‘ilganlar, o‘z navbatida, Rim Papasining qaytib kelganidan xursand bo‘lgan va unga kuch hamda sog‘ayishini tilagan. 

Ma’lumot o‘rnida Fransisk 2013 yilning 13 martidan buyon Rim Papasi lavozimini egallab kelmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rim Papasi Frantsisk

Baholaganlar

30

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing