Rim papasi: “Messini Xudoga tenglashtirib bo‘lmaydi”
Sport
−
01 aprel 2019 8615 1 daqiqa
Rim papasi Fransisk futbol muxlislarining Lionel Messi haqidagi fikrlariga qo‘shilmaydi. Katoliklar rahnamosining fikrlariga ko‘ra, ko‘pchilik tomonidan futbolchining tangriga tenglashtirilishi noto‘g‘ri.
“Odamlar Messini Xudo deb atashadi. Nazariy jihatdan bu kufr hisoblanadi. Bunga ishonish va bunday gapirish mumkin emas. Uni tangri bilan solishtirganlar unga ibodat qilmaydilar. Bu shunchaki og‘zaki aytilgan narsa.
Futbol maydonida u Xudo. Bu insonlarni hayratlantira olgani uchun ham shunday. Messi juda yaxshi futbolchi, lekin u Xudo emas” deb aytib o‘tgan Rim papasi Marca nashriga bergan intervyusida.
Malumot uchun Rim papasi Fransisk futbolning ashaddiy ixlosmandlaridan hisoblanadi. U Argentinaning San-Lorenso klubi muxlisi. Utgan yillar davomida u Messini boshqa bir argentinalik afsona Maradonadan o‘tib ketganligini aytib o‘tgan edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr