RFda urushga safarbar qilinganlarga yangi “priz” joriy etish boshlandi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasining Primore o‘lkasi gubernatori “maxsus harbiy operatsiya” ishtirokchilarining farzandlarini qo‘llab-quvvatlashning yangi choralarini belgiladi. Xususan, Primorening barcha safarbar qilingan aholisiga 150 ming rubl miqdorida bir martalik to‘lov beriladi. Bu haqda Primore gubernatori Oleg Kojemyako xabar berdi, deb yozmoqda TASS.

“Primorening barcha safarbar qilingan aholisi 150 000 rubl miqdorida bir martalik to‘lovni oladi. Bu qaror bugun qabul qilindi. Shuningdek, viloyat hukumati qarori bilan safarbarlikda ishtirok etayotgan Primore aholisining bolalarini qo‘llab-quvvatlashning yangi choralari belgilandi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada 21 sentyabr kuni boshlangan safarbarlikni yakunlash to‘g‘risida qaror hali qabul qilinmadi, biroq bir qator hududlar safarbarlik rejalarini bajarib bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

Avvalroq, joriy yilning 21 sentyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mamlakatda qisman safarbarlik to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, 300 ming kishi, birinchi navbatda, jangovar tajribaga ega va qo‘shinlar uchun zarur bo‘lgan harbiy ro‘yxatga olish ixtisosligi bo‘yicha safarbar qilinadi.

Musulmon Ziyo


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

267

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing