Reydda qo‘lga olinganlarning amaldorlar bilan aloqasi bormi?

3-sahifa

image

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev "Dolzarb 40 kunlik" tadbiri doirasida qo‘lga olinganlarning amaldorlar bilan aloqalari haqida hozircha ma’lumot yo‘qligini aytdi. Bu haqda u bugun, 12 dekabr kuni matbuot anjumanida so‘z ochdi.

“Hozir menda bunaqa ma’lumotlar yo‘q. Dastlabki tergov jarayonida agarda shu masalalar ko‘tariladigan bo‘lsa, jinoyat ishini yoki jinoyat ishining bir qismini prokuratura idoralariga berib yuborishga majbur bo‘lamiz. Mazkur moddalar bo‘yicha ular mas’uldir”, dedi Toshxo‘jayev.

Shuningdek, u ichki ishlar organlari xodimlari va tumanlardagi "kriminal avtoritet"lar yoki “smotryaiy”lar orasida qandaydir bog‘liqlik holatlari aniqlangan taqdirda, IIO xodimlari ayab o‘tirilmasdan jazolanishini aytdi.

“Bizning xodimlarning qo‘li qonga botgan bo‘lsa, mana shu ishlarga aralashgan bo‘lsa, bilingki, biz ayab o‘tirmaymiz. Agar aralashgan bo‘lsa, vaqt-soati bilan buning hammasini to‘g‘risida xabarini topasizlar”, dedi shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Doniyor Toshxo'jaev Dolzarb 40 kunlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing