Revolver kreditlar foizlarida davlat tadbirkorlarga 1,5 trillion so‘m yordam beradi – MB

Jamiyat

image

Koronavirus sababli kelgan inqiroz vaqtida davlat tomonidan 46 trillion revolver kreditlarning 5 foiz kredit qarzlari ta’minlanadi. Bu haqda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida ma’lum qildi.    

“1 oktyabrdan beri bo‘lgan davrda aholi qaytarishi lozim bo‘lgan kreditlari masalasi bo‘yicha raqamlarni 19,6 trillion deb ko‘zda tutgan edik. Bu jami kredit summasi emas, 6 oy davomida muddati uzaytiriladigan summa hisoblanadi. Bu qarzdor kreditlarning 55 foizini qamrab oladi. Oktyabr oyigacha bo‘lgan aholining 76 foizi shu imtiyozdan foydalanadi. Bugungi kunga kelib bevosita amalga oshirilgan va muddati uzaytirilgan mablag‘lar 20,5 trilliondan oshdi, 1,5 million aholi bundan foydalandi. 72 ming xo‘jalik sub’ektimizga mana shu imtiyozlarni berib, moliyaviy qiyinchiliklardan saqlab qolish choralari ko‘rilmoqda. 

Bu masalalar ikkinchi tomondan ichki siyosatda o‘zgarish qilib, uzoq muddatli loyihalarda qariyb 46 trillion so‘mlik mablag‘ bevosita ishlab chiqarishda uzluksizlikni ta’minlashni ko‘zda tutadi. Farmon e’lon  qilingandan beri, revolver kreditlardan 5,1 trillion so‘mlik mablag‘dan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarimiz foydalandi.

Davlatdan berilayotgan yordam bevosita sog‘liqni saqlash sohasida emas. Shuningdek, iqtisodiyotda ishtirok etayotgan sub’ektlarga ham yordam berilyapti. 46 trillionlik revolver kreditga to‘xtalib o‘tsak, ham buni olishga yengil sharoit qilib berdik, ham o‘sha kreditni 5 foiz qismini davlat kompensatsiya qilib to‘lab beryapti. Bitta shu kreditning o‘zidan davlat tadbirkorlarga 1,5 trillion so‘mlik yordam berdi. Bugungi kungacha tadbirkorlar qariyb 433 milliard so‘mlik bu yordamdan foydalanishga ulgurdi. Shuningdek, 46 trillionlik mablag‘dan kafolatlarini ham 75 foizini davlat o‘ziga olyapti. Ya’ni, bank tadbirkorlarga garov, kafolat masalalarida murojaat qilmaydi. 25 foizini o‘zi ta’minlaydi, qolganini davlat ta’minlab beradi”, deydi Markaziy bank raisi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

53

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing