Revansh jangi bo‘yicha muzokaralar ketmoqda – Ahmadaliyev

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi, WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyev 9 aprel kuni AQSHning San-Antonio shahrida o‘tkazilgan boks kechasida filippinlik tajribali Marlon Tapalesga qarshi himoya jangida mag‘lubiyatga uchragandi. Bokschining QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qilishicha, tez orada revansh jangi qachon o‘tkazilishi aniq bo‘ladi.

“Xudo xohlasa revansh jangi bo‘lishi mumkin. Proumouterlarimiz Tapalesga qarshi jang bo‘yicha ish boshlagan. Nasib qilsa, revansh jangida kamarlarimni qaytarib olaman. Hozircha to‘qnashuvning vaqti ma’lum emas. Revansh jangi bo‘yicha muzokaralar ketmoqda”, deydi Murodjon Ahmadaliyev.

Ma’lumot uchun, Ahmadaliyev profringda umumiy 12 ta jang o‘tkazib, bahslarning 11 tasida g‘alabaga erishgan. U faqatgina oxirgi jangida Tapalesga imkoniyatni boy berdi. O‘zbekistonlik bokschi professional boksdagi janglarining 8 tasida raqiblarini nokautga uchratgan.


Maqola muallifi

Teglar

Murodjon Ahmadaliev Marlon Tapales

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing