Respublika tovar-xomashyo birjasiga rais tayinlandi
Jamiyat
−
17 Oktabr 2019
5526O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi tayinlandi. Bu haqda "O‘zRTXB" AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, "O‘zRTXB" AJ Kuzatuv kengashining 2019 yil 16 oktyabrdagi bayonnomasiga muvofiq Ziyoviddin Bositovich Badriddinov "O‘zRTXB" AJ boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimini egalladi.
Ma’lumot uchun, Ziyoviddin Badriddinov o‘z vaqtida Vazirlar Mahkamasi Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Respublika Hukumatining hududlarni rivojlantirishning tizimli muammolari bo‘yicha topshiriqlari amalga oshirilishini nazorat qilish sho‘’basining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari amalga oshirilishini nazorat qilish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15