Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filialiga direktor tayinlandi
Jamiyat
−
18 yanvar 2021
4716Farhod Norpo‘latovich Norqo‘ziyev Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, tibbiyot fanlari nomzodi, 50 yoshli mutaxassis Farhod Norqo‘ziyev o‘z faoliyatini Akademik V. Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining lazer xirurgiyasi bo‘limi vrach-xirurgi vazifasidan boshlagan. Keyinchalik ushbu markazning lazer xirurgiyasi bo‘limi mudiri lavozimida ishlagan.
U 2011–2017 yillarda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali direktori, 2017– 2020 yillarda Jizzax viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, 16 yanvar kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali direktori lavozimida ishlab kelgan Davron Baxtiyorovich To‘laganov Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga bosh direktor etib tayinlangan edi.
LiveBarchasi