Respublika kardiologiya markazining Qarshi filialiga direktor tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Cog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi   Rentgenendovaskulyar jarrohlik bo‘limi  raxbari vazifasida ishlab kelgan Yo‘ldoshev Nabijon Pirimovich shu markazning Qarshi filiali direktori etib tayinlandi. 

SSV ma’lumotiga ko‘ra, tibbiyot fanlari doktori Nabijon Yo‘ldoshev Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi   navbatchi shifokori,  aspiranti, yurak aritmiyasi  laboratoriyasi      kichik ilmiy xodimi, yurak aritmiyasining  og‘ir turlarini jarrohlik yo‘li bilan davolash va elektrofiziologiya  tekshiruvi   bo‘limi mudiri lavozimlarida ishlagan.

2016 yilda Shveysariyada bemorlarni davolashning yuqori texnologik usuli — “teri orqali aortal klapan implantatsiyasi – TAVI” jarrohlik amaliyotini o‘zlashtirdi va  mamlakatda uni birinchilardan bo‘lib amalga oshirgan.

2018 yilda Nabijon Yo‘ldoshev Xitoy Xalq Respublikasida yurak tug‘ma nuqsonlarini kateter orqali yopish usulini o‘zlashtirib, hozirga qadar  bolalar va kattalarda uchraydigan bo‘lmachalararo to‘siq defekti, qorinchalararo to‘siq defekti, ochiq arterial yo‘l singari yurakning bir qator murakkab tug‘ma nuqsonlarni  kateter orqali okklyuderlar bilan yopish amaliyotlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan. 

U  dunyoning bir qator davlatlarida – Rossiya, Fransiya, Yaponiya, Xitoy, Polsha, AQSH, Koreya Respublikasidagi kongress va forumlarda o‘z ma’ruzalari bilan qatnashgan. 

Nabijon Yo‘ldoshev “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov

Baholaganlar

69

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing