Reshford jarohat sabab bir nechta o‘yinni o‘tkazib yuboradi

Sport

image

Angliya terma jamoasi va “Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford jarohat sabab terma jamoa bazasini tark etdi. Bu haqda football.ua nashri xabar tarqatmoqda.

21 yoshli futbolchi allaqachon “qizil iblislar” safiga borib qo‘shilgan. Xabarlarga ko‘ra, Reshford terma jamoaning joriy yig‘inidagi uchrashuvlarning birortasida ham maydonga tusha olmaydi. 

Angliya terma jamoasi Yevropa chempionati saralashi doirasida 22 mart kuni Londonda Chexiyaga qarshi to‘p sursa, 25 mart kuni safarda Chernogoriya termasi bilan kuch sinashishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, Markus Reshford butun fevral oyi davomida jarohatlar bilan kurashib keldi. MYUning ko‘pchilik futbolchilari jarohat olganligi sababli, Markus hatto ayrim o‘yinlarda og‘riqni his qilsada maydonga chiqishga majbur bo‘lgan edi. Futbolchining tiklanib, maydonga qaytish sanasi ma’lum emas.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted Markus Reshford

Baholaganlar

12

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing