Rekord, hissiyotlar va salto... JCH 6-kunida nimalar ro‘y berdi? (fotogalereya)
Sport
−
12 dekabr 2021
14685Bugun, 12 dekabr kuni Toshkentda davom etayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Jahon chempionatining 6-kunida erkaklar o‘rtasida 81 kggacha bo‘lgan vaznli atletlar o‘rtasida final bellashuvi o‘tkazildi va unda Bolgariya vakili Karlos Nasarga teng keladigan raqib topilmadi.
Dast ko‘tarish mashqida moldovalik Marin Robu 168 kg natija evaziga kichik oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bolgariyalik Nasar (166 kg) ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikka Eron terma jamoasi a’zosi Ali Obidi Javadi yakun yasadi.
Siltab ko‘tarish mashqida medallar uchun kurashda Nasar birinchi, Javadi ikkinchi va Janubiy Koreya vakili Kim Vu Ji uchinchi pog‘onani band etdi. Biroq umumiy hisobda bronza medali moldovalik Robuga nasib etdi.
So‘nggi urinishda 208 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirgan Karlos Nasar siltab ko‘tarish va ikki kurash yakuniga ko‘ra, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida dunyo rekordini yangilab, Jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.
Erkaklar. 81 kg:
Karlos Nasar (Bolgariya) – 374 kg (166+208 kg);
Ali Obodi Javodi (Eron) – 367 kg (163+204 kg);
Robu Marin (Moldova) – 364 kg (168+196 kg).
Ma’lumot uchun, ushbu vazn toifasida o‘zbekistonlik Muhammadqodir Toshtemirov ham bahslarda ishtirok etdi. Biroq u umumiy hisobda 349 kg (157+192 kg) natija evaziga 9-o‘rinni egalladi.
LiveBarchasi