“Reklama to‘g‘risida”gi yangi qonun tayyorlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi deputatlari tomonidan tayyorlangan O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ommaviy axborot vositalari orqali reklamani tarqatish sohasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi, zamonaviy talablarga javob beradigan normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi.

Unga muvofiq, reklamani ommaviy axborot vositalarida tayyorlash, tarqatish, joylashtirish va undan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish masalasi yanada takomillashtirilmoqda.

Amaldagi qonunning normalari sezilarli darajada eskirganini, zamonaviy reklama bozori talablariga javob bermasligini ta’kidladi. Qatnashchilarning fikricha, unda elektron tijoratda tovar (xizmat)larni reklama qilishga nisbatan talablarni belgilovchi qoidalar mavjud emas, shuningdek, tovarlarning xaridini rag‘batlantiruvchi tadbirlarni reklama qilish tartibga solinmagan. 

Qonunda tovarlarning bozorda xaridorgrligini oshirishning keng usullaridan biri reklama aksiyasi tushunchasi va uni o‘tkazish tartibi nazarda tutilmagan. Dori vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari, spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarining reklamasi to‘g‘risidagi normalarni yanada takomillashtirish zarurati mavjud. 

Unga muvofiq, reklamani ommaviy axborot vositalarida tayyorlash, tarqatish, joylashtirish va undan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish masalasi yanada takomillashtirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

18

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing