Referendumga muddatidan oldin ovoz berish sanasi ma’lum qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2023 yil 19-26 aprel kunlari Konstitutsiyaviy qonun referendumiga muddatidan oldin ovoz berish o‘tkaziladi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasining yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, bugun, 16 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda majlis qatnashchilari joriy yilning 30 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasining referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir tashkiliy masalalar, shu jumladan, referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish kalendar rejasini tasdiqlash, referendum okruglarini tuzish va boshqa masalalarini ko‘rib chiqqan.

Konstitutsiyaviy qonun referendumiga ovoz berish (30 aprel) kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmaganlar muddatidan oldin ovoz berishda ishtirok etishlari mumkin.

Muddatidan oldin ovoz berish uchun uchastka komissiyalariga ovoz berish byulletenlari 13 aprelgacha yetkazib beriladi.

Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2023 yil 10 martdagi hamda Oliy Majlis Senatining 14 martdagi qarorlariga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha referendum 2023 yil 30 aprel – yakshanba kuni o‘tkazilishi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Konstitutsiyaviy qonun referendumi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing