Referendumga aloqadorlarning barchasini jazo kutyapti – Kiyev

Olam

image

“Donetsk” va “Lugansk xalq respublikalari” deb ataluvchi hududlarda, shuningdek, Ukrainaning Zaporoje va Xerson viloyatlarida ayirmachilar nazorati ostidagi bosib olingan hududlarda o‘tkazilgan psevdoreferendumga aloqadorlarning barchasi jinoiy javobgarlikka tortiladi. Bu haqda bugun, 23 sentyabr kuni Ukrainaning vaqtincha bosib olingan hududlarni reintegratsiya qilish vazirligi ma’lum qildi. 

“Psevdoreferendumga aloqadorlar sud jarayonini kutmoqda: ularning ismlari huquq-tartibot idoralari xodimlariga ma’lum. Bu shaxslarning barchasiga nisbatan sanksiyalar qo‘llaniladi. Shuningdek, ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atiladi, ijtimoiy to‘lovlar to‘xtatiladi, ko‘char va ko‘chmas mulklari hibsga olinadi”, deyiladi xabarda. 

Shu bilan birga, referendumga jalb qilingan shaxslar Ukraina departamenti tomonidan "sotqin" deb atalgan. Ushbu shaxslar 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin, deyiladi xabarda. 

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin tomonidan qo‘llab-quvvatlangan referendum bugun, 23 sentyabr kuni start oldi va 27 sentyabrgacha davom etadi. 

Referendum natijalariga ko‘ra, Moskva bu hududlarni Rossiyaga qo‘shib olishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Referendum

Baholaganlar

289

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing