Referendumda uchta uchastkadagi natijalar haqiqiy emas deb topildi

Jamiyat

image

Kecha, 30 aprel kuni o‘tkazilgan referendumda 8-Sirdaryo viloyati okrugidagi 226-son, 10-Toshkent viloyati okrugidagi 651-son va 14-Toshkent shahar okrugi 772-son referendum uchastkalarida qoidabuzarliklar aniqlandi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi ma’lum qildi. 

Ta’kidlanishicha, komissiya a’zosining bir nechta byulletenni o‘zi to‘ldirayotgani hamda ular tomonidan byulletenlarni ovoz berish qutisiga tashlash, ovoz berganlar sonini noto‘g‘ri ko‘rsatilganlik kabi hatti-harakatlar mazkur uchastkalardagi ovoz berish natijalarini shubha ostiga qo‘ygan.

Shu sababli, “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi qonunning 38-moddasiga binoan, ovoz berish yakunlariga ta’sir qilgan qoidabuzarlik tufayli Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ushbu uchastkalar bo‘yicha ovoz berish yakunlari haqiqiy emas deb topildi.


Maqola muallifi

Teglar

Referendum uchastka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing