“Real”ning yana bir futbolchisi “Yuventus” a’zosiga aylanishi mumkin

Sport

image

Italiyaning “Yuventus” klubi “Real” yarim himoyachisi Marko Asensioga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi Tuttosport nashri.

Yozgi transferlar vaqtida katta o‘zgarishlarga tayyorlanayotgan “Blankoslar” rahbari Florentino Peres 23 yoshli futbolchining transfer qilinishiga qarshi bo‘lmasligi mumkin. Faqat muammo futbolchining narxida bo‘lib turibdi. Madridliklar to‘laligicha zahira o‘yinchisiga aylanib qolgan forvard uchun 100 million yevro atrofida narx belgilashgan.

Joriy mavsumda 20 ta o‘yinda maydonga tushgan Asensio, bitta gol urib, ikkita golga asitsentlik qilgan. Oldinroq vingerga myunxenning “Bavariya” jamoasi ham qiziqayotganligi aytib o‘tilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Yuventus Marko Asensio

Baholaganlar

37

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing