“Real”ning mag‘lubiyatsiz seriyasi 19 taga yetdi
Sport
−
01 may 2024 3587 1 daqiqa
Ispaniyaning “Real Madrid” klubi ketma-ket 19 ta o‘yindan beri mag‘lubiyatga uchramayapti. Bu haqda “Sports” xabar berdi.
1 mayga o‘tar kechasi Karlo Anchelotti shogirdlari Yevropa Chempionlar ligasi yarim finalida “Bavariya” bilan mehmonda durang o‘ynadi – 2:2.
Madridliklar 18 yanvardan beri mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda, ya’ni o‘sha kuni “Atletiko” “qirollik klubi”ni Ispaniya kubogidan chiqarib yuborgandi. O‘shandan beri “qaymoqranglilar” 13 ta g‘alaba va 6 ta durang qayd etdi.
Shuningdek, Madrid superklubi 2012 yildan buyon “Bavariya”ga yutqazmayapti. Myunxenliklar oxirgi marta 2012 yilning 17 aprelida g‘alaba qozongan – 2:1. O‘shandan beri madridliklar “Bavariya” bilan o‘yinlarda 6 g‘alaba va 2 durangga erishgan.
“Real” keyingi o‘yinlarini 4 may kuni “Kadis”ga, 8 may kuni esa “Bavariya”ga qarshi o‘tkazadi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025