“Real” Zidanning taqdiri borasida bir qarorga kelganmi?

Sport

image

Madridning "Real" klubi Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichining 3-turi doirasida “Galatasaroy”ga qarshi bahs olib boradi. Agar Madrid klubi ushbu bahsda yutqazsa, Zinedin Zidan iste’foga chiqariladi. 

Ma’lum bo‘lishicha, klub rahbariyatini o‘yin darajasi emas, balki natijalar havotirga solmoqda. Zidanning o‘rniga esa Joze Mourino hamda Massimiliano Allegri nomzodlari ko‘rib chiqilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Zinedin Zidan Madrid klubida 2013-2014 yillardan murabbiylar shtabida ishlab keladi. 2016-2018 yillarda u jamoa bosh murabbiy bo‘lgan. Qisqa tanaffusdan so‘ng shu yil avvalida Zidan "Real"ga yana bosh murabbiy bo‘lib qaytgandi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Zinedin Zidan Real Madrid

Baholaganlar

60

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing