“Real” juda jiddiy yo‘qotishga uchradi
Sport
−
01 dekabr 2023
5303“Golden Boy” sovrinini qo‘lga kiritgan “Real Madrid” yetakchisi Jud Bellingem bo‘lajak o‘yinlarda jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu haqda “The Athletic” xabar berdi.
Angliya terma jamoasi futbolchisi yelkasidan zudlik bilan operatsiya qilinishi kerak.
Futbolchi 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan La Liganing navbatdagi turi doirasida “Rayo Valekano”ga (0:0) qarshi o‘yinda jarohat olgan. Klub futbolchining jarohatida tez-tez qaytalanish xavfi borligidan xavotirda.
Hozirgi holatda kelajakda jarohatlardan yiroq bo‘lish uchun Bellingemga operatsiya yordam beradi, biroq u kamida ikki oyni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ladi.
Shuningdek, “Real” shifokorlari konservativ davo choralarini ko‘rib chiqmoqda.
Ma’lumot uchun, Jud Bellingem joriy mavsum “Real”ning eng yaxshi to‘purari hisoblanadi. Joriy mavsum Jud “qirollik klubi” safida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
LiveBarchasi