“Real” JCH finali uchun stadioni sig‘imini oshirmoqchi

Sport

image

“Real Madrid” 2030 yilgi Jahon chempionatini “Santyago Bernabeu”da qabul qilish uchun stadion sig‘imini 79 dan 85 ming kishigacha oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Mundo Deportivo” xabar berdi.

“Real Madrid”  o‘tgan yili “Santyago Bernabeu” stadionini ta’mirlashni yakunladi va buning uchun katta mablag‘ – taxminan 1,76 milliard yevro sarfladi. Yaqin orada stadionda yana qayta jihozlash ishlari start olishi mumkin. FIFA qoidalariga ko‘ra, Jahon chempionati finali o‘tkaziladigan stadion kamida 80 ming kishiga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. 

Qayd etish joiz, 2030 yilda Jahon chempionatiga birdaniga uchta davlat: Ispaniya, Portugaliya va Marokash mezbonlik qiladi. 2026 yilda esa mundial AQSH, Meksika va Kanadada o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Real Madrid Sant'yago Bernabeu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing