“Real” yozgi transfer bozorida faol ishtirok etmoqchi

Sport

image

Madridning “Real” klubi rahbariyati yangilangan “Santyago Bernarbeu” ochilishigacha super jamoaga ega bo‘lishi uchun barcha chiziqlarda tarkibni kuchaytirmoqchi. Bu haqda AS xabar berdi.

“Real Madrid” Karim Benzemaning o‘rnini bosa oladigan yaxshi hujumchini sotib olishga harakat qiladi. 2024 yilning yozida fransiyalik futbolchining shartnomasi tugagach, hujumchi Endrik jamoaga kelib qo‘shiladi.

Florentino Peres va Karlo Anchelotti o‘rtasidagi kelasi hafta bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda futbolchilar bilan shartnomalarni uzaytirish masalasi muhokama qilinadi.

Toni Kroos va Luka Modrich bilan yangi shartnomalar kelishib olindi. Hozircha Nacho va Dani Sebalos bilan kelishuv yo‘q, ammo “Real Madrid” buni hal qilish mumkinligiga ishonmoqda. Marko Asensioning yangi shartnomasi bo‘yicha vaziyat boshqacha tus oladigan ko‘rinadi. APLning bir nechta klublari Markoga yaxshigina taklif tayyorlamoqda.

“Real Madrid” Ferlan Mendi bo‘yicha takliflarni eshitishga tayyor. Jamoa faqat Mariano Dias va Eden Azar bilan hamkorlikni davom ettirishni istamayapti, ammo shunga qaramay belgiyalik futbolchi ketish niyatida emas.

Shuningdek, “Real” klubi Tibo Kurtua o‘rnini bosa oladigan tajribali darvozabon bilan shartnoma imzolamoqchi. Andrey Lunin kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgani uchun ketishni istamoqda.

Bundan tashqari, madridliklar qanot himoyachisi, ikki yarim himoyachi va bir hujumchi bilan shartnoma imzolamoqchi. Jud Bellingem (“Borussiya Dortmund”), Ris Jeyms (“Chelsi”) va Alfonso Devis (“Bavariya”) jamoa transferlari ro‘yxatidan o‘rin olgan.

Hujum pozitsiyasini mustahkamlash eng qiyin masala bo‘ladi. “Qaymoqranglilar” nomzodlari orasida Randal Kolo-Muani (“Ayntraxt”), Viktor Osimxen (“Napoli”), Dushan Vlaxovich (“Yuventus”) va Harri Keyn (“Tottenxem”) bor, biroq ularning barchasi o‘z klublari bilan amaldagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda. 

Taxminlarga ko‘ra, bu pozitsiyani “Kastilya”dan Alvaro Rodriges bilan yopish mumkin. Bundan tashqari, “Real Madrid” yanvar oyidan boshlab PSJdan Kilian Mbappeni o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha amaliy jarayonlarni boshlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Karim Benzema Real Madrid Sant'yago Bernarbeu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing