“Real” yetakchisi Yevropa chempionatini o‘tkazib yuboradi
Sport
−
06 dekabr 2023
2907Belgiya terma jamoasi darvozaboni Tibo Kurtua 2024 yilgi Yevropa chempionatida ishtirok etmaydi. Bu haqda HLN xabar berdi.
“Real” klubi shifokorlarining tashxisiga ko‘ra, Kurtua 2024 yilning may oyidan ertaroq maydonga qaytadi. Shu tariqa, uning Yevropa chempionatiga yuz foiz tayyorlanishga ulgurmasligi ehtimoli bor.
Ma’lum bo‘lishicha, Kurtua allaqachon Yevropa chempionatiga bormaslikka qaror qilgan. Futbolchining o‘zi ham yozgi ta’tildan reabilitatsiyani davom ettirish uchun foydalanmoqchi.
Ma’lumot uchun. Yevro-2024 qura natijalariga ko‘ra, Belgiya terma jamoasi Yevroda “E” guruhida ishtirok etadi. Mazkur kvartetdan Slovakiya, Ruminiya va Millatlar ligasi pley-off bosqichining “B” yo‘li g‘olibi jamoasi joy oldi.
LiveBarchasi