“Real” yetakchisi AQSH klubiga o‘tishi mumkin

Sport

image

“Real” va Ispaniya terma jamoasining 32 yoshli himoyachisi Daniel Karvaxal faoliyatini MLS klublaridan birida davom ettirishi mumkin. Bu haqda futbolchi “The Athletic” nashriga bergan intervyusida aytdi.

“Bo‘lishi mumkin. “Real”dan ketishga qaror qilsam, Yevropa klubida qolmayman. Shunday qilib, variantlar soni cheklangan bo‘ladi. AQSH, Saudiya Arabistoni yoki Qatar? Bu variantlardan biriga “ha” deb, javob beraman”, deydi Karvaxal.

Daniel Karvaxal “Real Madrid” tizimi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2012/2013 yilgi mavsumda ispaniyalik futbolchi Leverkuzenning “Bayer” jamoasida o‘ynagan. Daniel “Real Madrid” bilan birgalikda to‘rt marta Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi, ikki marta mamlakat kubogiga ega chiqdi va olti marta Yevropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi. Ispaniya terma jamoasi tarkibida Karvaxal 2024 yilgi Yevropa chempionatida g‘olib chiqdi. “Transfermarkt” internet portali ispaniyalik himoyachining bozor qiymatini 12 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Real Daniel' Karvaxal'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made