“Real” YeCHLda antirekord o‘rnatdi
Sport
−
28 noyabr
1855“Real Madrid” Yevropa Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi bo‘la turib, musobaqada ketma-ket 3 ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan birinchi klubga aylandi. Bu haqda “Opta” xabar berdi.
“Real” YeCHL umumiy guruh bosqichining 5-turi doirasida “Real” safarda “Liverpul”ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bungacha Madrid klubi “Milan” va “Lill”ga yutqazgandi.
Madridning “Real” klubi ayni damda Chempionlar Ligasi turnir jadvalida 6 ochko bilan 24-o‘rinda bormoqda. Turnirning guruh bosqichidagi qolgan uchta o‘yinda jamoa “Atalanta”, “Red Bull Zalsburg” va “Brest” bilan to‘qnash keladi.
Ma’lumot uchun, YeCHL umumiy guruh bosqichida 1-8 o‘rinlarni egallagan jamoalar to‘g‘ridan to‘g‘ri chorak finalga chiqsa, 9-24 pog‘onalarni band etgan klublar pley-off bosqichida o‘zaro bellashib, chorak final yo‘llanmasi egasini aniqlab oladi. 25-36 o‘rinni egallagan klublar esa turnir bilan xayrlashadi.
LiveBarchasi
Dollar kursi biroz pastladi.
04 dekabr