“Real” YeCHL finaliga chiqadi – Anchelotti
Sport
−
29 noyabr
6083Italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti ”Real” Yevropa Chempionlar ligasi (YeCHL) finaliga chiqishiga ishonmoqda. Bu haqda murabbiy jurnalist Alberto Cherutti bilan suhbatda aytib o‘tdi.
Madrid klubi Yevropa Chempionlar ligasining 5-turi doirasidagi o‘yinda “Liverpul”ga imkoniyatni boy berdi (0:2).
Ispaniya klubi ushbu mavsumda turnirda o‘tkazgan 5 o‘yinning 3 tasida mag‘lub bo‘ldi va turnir jadvalining 24-o‘rinni egallab turibdi. Bu o‘rin “qirollik klubi”ga oxirgi pley-off yo‘llanmasini taqdim etadi, eng yaxshi 8 ta jamoa esa to‘g‘ridan to‘g‘ri chorak finalga yo‘llanma oladi.
Cherrutti “Cadena SER” telekanalidagi “El Larguero” dasturida Angliyadagi o‘yindan so‘ng italiyalik murabbiy bilan gaplashganini aytdi.
“Uning eng yaxshi fazilati bu xotirjamlik. Men u bilan gaplashdim. U mendan “Real Madrid” Myunxendagi Yevropa Chempionlar ligasi finalida o‘ynashini hammaga aytishimni so‘radi”, deydi Cherrutti.
Ma’lumot uchun, “Real” YeCHLning amaldagi g‘olibi hisoblanadi. Hozircha yangilangan formatdagi musobaqada “qaymoqranglilar”ning ishlari yurishmayapti. Musobaqaning qolgan 3 ta turida “Real” “Atalanta”, “Zalsburg” va “Brest” kabi jamoalar bilan to‘qnash keladi.
LiveBarchasi