“Real” yo PSJ? Mbappe yakuniy qarorini qabul qildi
Sport
−
28 fevral 2022 12834 1 daqiqa
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe fransuz klubini tark etmoqchi. Futbolchi faoliyatini “Real”da davom ettirishga qaror qildi. Bu haqda ispan matbuoti xabar bermoqda.
Endi PSJ Mbappe bilan yangi shartnoma imzolash imkoniyatiga ega emas. Qayd etilishicha, Kilian jamoada mavsumning qolgan qismini yuqori saviyada o‘tkazishni va Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishni maqsad qilgan.
Ma’lumot uchun, 23 yoshli fransiyalik yulduz joriy mavsumda PSJ bilan Liga 1 ning 24 ta o‘yinida maydonga tushib 14 ta gol va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Bundan tashqari Mbappening hisobida Chempionlar ligasining 7 ta o‘yinida 5 ta gol va 6 ta golli uzatma ham bor.
Shaxboz Qahhorov
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr