“Real” yana bir braziliyalik futbolchi bilan boyishi mumkin

Sport

image

Ispaniyaning “Real” va Angliyaning “Nyukasl” klubi “Santos” hujumchisi Markos Leonardoga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Globe Esporte” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, madridliklar 20 yoshli braziliyalik futbolchining agentlari bilan bog‘lanib, u haqida dastlabki ma’lumotlar, jumladan, Yevropaga ko‘chib o‘tishga fundamental tayyorligi haqida ma’lumot olgan. Bir necha kun oldin “Nyukasl” ham futbolchi transferi bo‘yicha dastlabki harakatlarni boshlab yuborgan.

Hozircha bu klublarning hech biri futbolchiga rasmiy taklif bilan chiqqani yo‘q, Leonardoning o‘zi ham bor e’tiborini mavsumning yakuniy qismiga qaratgan.

“Santos” Leonardoga bo‘lgan 70 foiz huquqlarga ega, qolganlari esa futbolchining o‘ziga tegishli. Klub rahbariyati 2024 yilda Leanordoning klubdan ketish ehtimoli yuqori ekanligini biladi, ammo hozircha hujumchi transferi bo‘yicha Yevropaning birorta klubi rasmiy murojaat bilan chiqmagan.

2023 yilda Leonardo Braziliya chempionatida 25 o‘yinda 13 ta gol urdi.


Maqola muallifi

Teglar

Real N'yukasl Markos Leonardo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing