“Real” Vinisiusdan xavotirlanmoqda

Sport

image

“Real Madrid” vinger Vinisius Junior Saudiya Arabistoni chempionatiga o‘tishi haqidagi mish-mishlarga chalg‘igani uchun joriy mavsum boshida o‘zining eng yaxshi formasini ko‘rsata olmayapti, deb hisoblaydi. Bu haqda AS xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Madrid klubi joriy mavsumda 5 ta o‘yinda bitta gol urgan braziliyalik vingerning o‘yini hamda uning bahslarga bo‘lgan munosabatidan xavotirda.

OAVda Saudiya Arabistoni klubi Vinisiusga yiliga 350 million yevro maosh taklif qilgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Futbolchining “Real” bilan amaldagi shartnomasi esa 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 180 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Vinisius

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing