“Real” vakillari Ispaniya terma jamoasi o‘yinini kuzatib boradi
Sport
−
13 noyabr
1179Madridning “Real” klubi UEFA Millatlar Ligasi doirasidagi Ispaniya terma jamoasi o‘yinlarida ikki futbolchining o‘yinlarini baholash uchun klub vakillarini yuboradi. Bu haqda “Relevo” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Real” “Tottenxem”ning o‘ng qanot himoyachisi Pedro Porro va “Al-Nasr” markaziy himoyachisi Emerik Lyaportni sotib olish imkoniyatlarini faol o‘rganmoqda. Klub futbolchilarning xatti-harakatlari borasida bir xulosaga kelib, qishki transfer oynasida bu futbolchilarni zudlik bilan transfer qilish borasida qaror qiladi.
Qayd etish joiz, “qaymoqranglilar”ning braziliyalik markaziy himoyachi Eder Militao hamda o‘ng qanot himoyachisi Daniel Karvaxal jarohat olib safdan chiqqan. Qolaversa, jamoaning ispaniyalik afsonasi Lukas Vaskes uch haftaga safdan chiqdi.
Ma’lumot uchun, UEFA Millatlar ligasida Luis de la Fuente shogirdlari Daniya va Shveysariya terma jamoalari bilan to‘qnash kelishadi. O‘yinlar mos ravishda 15 va 18 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi