“Real” va “Barselona” YeCHL finalida to‘qnash kelishi mumkin
Sport
−
21 fevral 2025 8000 1 daqiqa
“Real Madrid” va “Barselona” 2024/2025 yilgi Yevropa Chempionlar ligasi finalida o‘zaro o‘ynashi mumkin.
“Qaymoqranglilar” va “ko‘k-anorranglilar” jamoalari turli setkalarda bo‘lganligi uchun ularning yo‘li finalgacha kesishmaydi.
1/8 finalda “Real” hamshahari “Atletiko” bilan, “Barselona” esa Portugaliyaning “Benfika” klubi bilan to‘qnash keldi.
4 mart kuni Chempionlar ligasi 1/8 finalining dastlabki o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Javob o‘yinlari 11 martga belgilangan. Turnir finali 31 may kuni Myunxenda bo‘lib o‘tadi. Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi – “Real Madrid”. O‘tgan turnir finalida “qaymoqranglilar” Dortmundning “Borussiya”sidan ustun kelgandi (2:0).
“Barselona” oxirgi marta 2014/2015 yilgi mavsumda Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025