“Real” va “Barselona” afsonalari o‘rtasida o‘yin tashkil etiladi
Sport
−
12 noyabr 2024 13327 1 daqiqa
Joriy yilning 15 dekabr sanasida Yaponiya poytaxti Tokio shahrida Madridning “Real” va Kataloniyaning “Barselona” klubi afsonalari o‘rtasida o‘yin bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Barselona” klubi matbuot xizmati xabar berdi.
“Barselona” tarkibida yaqindagina futbolchilik faoliyatini yakunlagan Inesta, jamoa sobiq bosh murabbiyi Xavi, argentinalik futbolchi Maskerano kabi futbolchilar to‘p tepishi kutilmoqda. Shuningdek, Rafael Markes, Rivaldo, Saviola, Boyan Krkich, Adriano, Gaizka Mendiyeta va boshqa yulduzlar o‘yinda ishtirok etishi rejalashtirilgan.
“Barsa afsonalari” dasturi 2016 yilda yaratilgan va uni bevosita klub boshqaradi. Bu g‘oya “Barsa” nomining butun dunyo bo‘ylab globallashuviga hissa qo‘shadigan davom etayotgan loyihada sobiq yulduzlarni birlashtirish va shu tariqa klubning mashhur qadriyatlarini rivojlantirishdan iborat”, deyiladi manba xabarida.
Qayd etish joiz, “Real” va “Barselona” afsonalari Tokiodagi o‘yin oldidan 28 noyabr kuni Qatar poytaxti Dohada ham o‘zaro bahs olib boradi. Mazkur o‘yin Kataloniya klubi tashkil etilganining 125 yilligi doirasida bo‘lib o‘tadi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025