“Real” o‘yinchilari maoshini 10 foizga qisqartiradi
Sport
−
01 aprel 2020 4170 1 daqiqa
Madridning “Real” klubi koronavirus pandemiyasi tufayli futbolchilar maoshini kamaytirishi mumkinligi haqida e’lon qildi. Bu haqda “Marca” xabar berdi.
“Qirollik” klubi koronavirus sabab o‘yinchilarning maoshini avval xabar qilinganidek keskin kamaytirishni rejalashtirmayapti. Oyliklar ko‘p bilan 10 foizga qisqarish ko‘zda tutilgan.
Klub rahbariyati mavjud vaziyatning iqtisodiy oqibatlarini baholaydi va tahlillar asosida qaror qabul qiladi.
Eslatib o‘tamiz, bungacha “Barselona” o‘yinchilarining oylik maoshlarini 70 foizga kamaytirishi mumkinligini bildirgandi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda Ispaniya koronavirus pandemiyasining markazlaridan biri bo‘lib turibdi. Mamlakatda 95 923 kishi koronavirus yuqtirgan. Ularning 8464 nafari vafot etgan va 19 259 nafari kasallikdan shifo topgan.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr